Aholi manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyat mudiri M. Tangriberganov Do‘stlik mahallasining Avaz O‘tar ko‘chasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandi.
Mazkur ko‘chada 90 ta oila istiqomat qilishi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan barqaror va sifatli ta’minlashda elektr tarmog‘idagi quvvat bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi.
Aholining murojaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib, elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash, xonadonlarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi kuchlanishini me’yor darajasida ta’minlash maqsadida tegishli choralarni ko‘rish zarurligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyat mudiri M. Tangriberganov tomonidan Qo‘shko‘pir tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i S. Yusupov nomiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.