🏢Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva hududdagi investitsiyalarning real holati va loyihalarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida "Bo‘ston" mahallasida bo‘lishdi.
💼Tashrif doirasida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan "Bo‘ston Food Company" MCHJning ish jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Bugungi kunda ushbu korxonada asosan sifatli kungaboqar yog‘i ishlab chiqarilmoqda va 80 nafar mahalliy aholi barqaror ish o‘rni bilan taʼminlangan.
📈O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish hamda yangi investitsiyalarni jalb etish istiqbollari muhokama qilindi.