O‘rganish davomida:
qurilish ishlarining borishi, sifati hamda loyiha talablari asosida amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi;
obyektda 25 nafar quruvchi tomonidan bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani qayd etildi;
qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari doimiy nazoratda.