35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov hamda Andijon shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Isroilova ishtirokida “Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir Andijon shahar hokimligi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Unda to‘y, ma’raka va boshqa oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, milliy qadriyatlar va amaldagi tartiblar asosida o‘tkazish, oilalarda tejamkorlik madaniyatini qaror toptirish hamda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1