Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SEO va JS) bo‘limida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.
⏺O‘rganish davomida mutasaddilar bilan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi O‘RQ–393-sonli Qonuni hamda 2010-yil 7-iyundagi "Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘RQ–251-sonli Qonuni talablari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazildi.
💬Xususan, hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, yuqumli va ommaviy kasalliklarning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish, ichimlik suvi sifati, bolalar ta’lim muassasalari hamda davolash-profilaktika muassasalarida sanitariya me’yorlariga rioya etilishi, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi.
💬Muloqot davomida sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini yanada kuchaytirish, profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-epidemiologik xizmatlar sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul xodimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
💬Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda qonunchilik talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash, jamoat salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta'kidlandi.