Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash raislari, kotibiyat mudirlari va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
Yig'ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.
Yig'ilish kun tartibida asosiy masala Kengashlar tomonidan hafta davomida amalga oshirilayotgan Ish rejadagi vazifalar, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishi bo'yicha tavsiyalardan kelib chiqib, barcha deputatlar o'zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish, 162 ta eng muhim qonunlar ijrosini o'rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kengaytirish orqali muammolarni o'rganish, chiqarilayotgan qarorlarning huquqiy asoslari to'g'riligi kabi masalalar muhokama qilindi.
Kengash kotibiyati bosh yuriskonsulti hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash kotibiyatlari xodimlari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif, fikr-mulohazalarini bildirdi.