Mahalla yettiligi faoliyati hamda sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat A.Ergashev hududidagi "Yangikent" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish, mavjud muammo va takliflar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Muloqot davomida aniqlangan masalalarni hal etish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mahallada yuritilayotgan tegishli hujjatlar ham ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi talablar asosida yuritilishi o‘rganildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram