Yangiliklar

“Bog‘bonlar yurti” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Bog‘bonlar yurti” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar tuman Kengashi deputatlari B.Bo‘tayeva, Q.Igamberdiyeva va D.Xoliqovalar, shuningdek tuman Kengashiga 24-Shreder saylov okrugidan saylangan deputat S.Abishukurov bilan birgalikda Shreder saylov okrugida joylashgan “Bog‘bonlar yurti” mahallasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ishlar hamda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Shuningdek, mas’ullar bilan hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Nazorat_tahlil

Slide 1 of 4