Yangiliklar

📍 Deputat nazoratida: obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N. Toshmatov Taqachi mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, ularning borishini nazorat qildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

✅ Sifatli yo‘llar — qulay hayot garovi.
✅ Obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida.
✅ Aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalar e’tibor markazida.

Slide 1 of 4