🍽 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati G.Risqulova hududdagi oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Ibragimova Gulsevar Alisherovna xonadonida bo‘ldi.
👩🍳 Gulsevar opa o‘z xonadonida qatlama, chuchvara hamda boshqa milliy taomlarni tayyorlab, halol mehnati orqali o‘z-o‘zini band qilib kelmoqda. Ularning fidokorona mehnati nafaqat oilaviy daromad manbai, balki milliy taomlarimizni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🤝 Uchrashuv davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda faol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan samimiy suhbat olib borildi.
✨ Mehnatkash va tashabbuskor yurtdoshlarimiz faoliyati har doim e’tibor va e’tirofga loyiq!