🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva tomonidan "Nurliobod" MFYdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
🔹Tadbir davomida deputat G.Anorboyeva bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va taʼlim tizimidagi yangilanishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🔹O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mahalla va maktab hayotiga daxldor tashabbuslarini ilgari surishdi. Ayniqsa, yoshlar bandligi, kasb-hunar o‘rganish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.