Yangiliklar

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Fotima Otoxanovna Seydabdullayeva Sayapir mahallasida joylashgan 7-son umumta’lim o‘rta maktabi kutubxonasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilaridan tashqari, mahalladan 117 nafar fuqaro ham kutubxonaga abonent sifatida a’zo ekani aniqlandi. Bu esa eng quvonarli holatlardan biri sifatida qayd etildi.
Maktab kutubxonasida turli sinflar uchun mo‘ljallangan 6897 ta darslik hamda 419 ta badiiy kitob mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, maktab kutubxonasidagi badiiy kitoblar sonini ko‘paytirish yuzasidan deputat F. Seydabdullayeva tomonidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1