#Kengash_raisi_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga borib, aholining yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida xonadonlarning holati, yashash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zaruriy choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)