Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich11-“Guliston” saylov okrugi “Jiyanbobo” mahallasida tashkil etilib, unda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xo‘janov va kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdi. 

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni aniqlash mezonlari, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash tartibi, shuningdek to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi holati atroflicha tahlil qilindi hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5