Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

KUN TARTIBI:

1-masala:

Olmazor tumani Tibbiyot birlashmasining 2026-yil  

I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Olmazor tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nizamov Azizbek Karimbayevich.

2-masala:

Olmazor tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari hamda aholining turli xil kasalliklarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Olmazor tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi boshlig‘i Xadjaeva Feruza Islamovna.

3-masala:

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Olmazor tumani bo‘limi tomonidan 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti;

Hisobot beruvchi: O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i Mirzaxmedov Shavkat Shuxratovich 

4-masala:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida 2025 yil 20 oktyabr PQ-310-son qarorining Olmazor tumanida ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

Hisobot beruvchi: Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Yo‘ldashev Umid Xatamdjanovich.

  Yig'ilish kun tartibiga muvofiq, 4 ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

Slide 1 of 7