Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borildi.

Xususan, “Yo‘l xarita”ning 35-bandida nazarda tutilgan “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 19,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini ajratish masalasi tuman deputati Eldor Erkaboyev, tuman hokimligi hamda Boyovut tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan o‘rganildi.

2025-yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, mazkur dastur doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilgan bo‘lib, jumladan:

🏦 Mikrokreditbank tomonidan 1,4 mlrd so‘m,

🏦 Agrobank tomonidan 1,0 mlrd so‘m,

🏦 Xalq banki tomonidan 1,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan.

O‘rganishlar davomida dastur ijrosini yanada jadallashtirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kreditlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4