Yangiliklar

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan bajarilgan ishlar o‘rganildi

Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 12-sentabrdagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, deputatlar A.Mahkamov va S.Azizov hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi. Hudud bo‘ylab ko‘zdan kechirish ishlari MFY raisi hamrohligida olib borildi.

Oʻrganishda Toshloq tepa mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan yo‘l infratuzilmasi loyihalari o‘rganildi. Xususan, Bexizor ko‘chasining 555 metr, Tepa tagi ko‘chasining 200 metr hamda Sandiqchi ko‘chasining 100 metr qismi asfaltlashtirilgani ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda ichki yo‘llar holatini yaxshilashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Deputatlar tomonidan bu kabi loyihalar ustidan nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 8