Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi: Yoshlar muammolari va imkoniyatlari muhokama qilindi
👨👩👦Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Alimov tomonidan “Shodlik” mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
⚖️Mazkur uchrashuv davomida deputat yoshlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida (https://lex.uz/docs/-3026246?ONDATE=26.01.2022)”gi Qonunning mazmun-mohiyati, uning asosiy yo‘nalishlari hamda yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.
🌐Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, bandlikni ta’minlash hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasidagi mavjud sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanishga chaqirdi.
📊Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🔅Mazkur muloqot yoshlar bilan ochiq va samimiy ruhda o‘tib, ularning faolligini oshirish, jamiyat hayotidagi ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)