Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi va o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich olib bordi.

Sessiya ishida jami 10 ta tumanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokama jarayonlarida ko‘plab savol va takliflar bildirishdi. Deputatlarning sessiya ma’lumotlari bilan diqqat tanishganligi tufayli faolligi sezilmoqda.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiya ishi “Facebook” ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

Slide 1 of 9