Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Pardayev tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fanining o‘tilishi hamda ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar sifati, amaliyot mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, shuningdek, moddiy-texnik baza holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim maktablarda mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga tayyorlash va ta’lim sifati hamda shart-sharoitlarni yanada yaxshilashdan iborat.