Yangiliklar

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi: ichki yo‘llar davlat dasturiga kiritildi

Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 2026-yil 25-mart kuni yuborilgan 772-ds-487-26-sonli deputat so‘rovi yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kichik Naymancha hududida joylashgan “Ma’rifat nuri” ko‘chasining yo‘l qismi ta’mirtalab holatga kelib qolganligi, bu esa aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.

Deputat so‘rovi nаtijasida mazkur muammo ijobiy yechim topdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, ushbu ko‘cha 2026-yil davlat dasturiga kiritildi.

Kelgusida mazkur qaror asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Slide 1 of 1