“Inoqobod” MFY binosida Mirobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.N.Najmiddinov va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati D.Sh.Giyasovning birgalikda tashkil etilgan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda fuqarolarning kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma, tibbiyot, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijroga yo‘naltirildi.
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi va tuman hokimining o‘rinbosarlari bilan birgalikda tasdiqlangan ish rejasi asosida mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va qabullarni tashkil etish, unda mavjud muammolarni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.