Yangiliklar

Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.

#Deputat_sorovi_javobi

 Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi. 

Tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan 2026-yil 13-martda yuborilgan 16-ds-377-26-sonli deputat so‘roviga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12468) asosan “Go‘zal” mahallasi, Namuna ko‘chasidagi ichimlik suvi ta'minotida yuzaga kelgan uzilish yuzasidan "Samarqand suv ta'minoti" tuman filiali xodimlari tomonidan zaruriy choralar ko'rildi. 

Ushbu deputat so'rovi natijasida ichimlik suvi quvuridagi nosozliklar bartaraf etildi va aholi istiqomat qilayotgan xonadonlar hozirgi vaqtda ichimlik suvi bilan barqaror ta‘minlandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 3