Oldinroq xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Mustafaev tomonidan “Oydin yo‘l” mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda o‘rganish ishlari olib borilgan edi.
O‘rganish jarayonida maktab kutubxonasida adabiyotlar yetishmasligi aniqlanib, bu masala alohida e’tiborga olingan edi.
🎁 Bugun esa amaliy qadam!
Deputat A.Mustafaev tashabbusi bilan maktabga 250 dona turli xil badiiy kitoblar va adabiyotlar taqdim etildi.
📖 Bu nafaqat kitob, balki yoshlar uchun bilim, dunyoqarash va kelajakka yo‘l demakdir!
Shuningdek, maktabdagi darsliklar yetishmovchiligi masalasi ham nazoratga olinib, bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
🤝 Yoshlar ta’limi va ma’naviyati yo‘lidagi bunday ezgu ishlar albatta davom etadi!