Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati R.Xidirbayev tuman hokimligi mutasaddilari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar ta’miri, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar ishtirokida amaliy choralar belgilab olinmoqda. Mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda aholi roziligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Deputat va ijro hokimiyati organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.
https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi