🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Xo‘jakent” mahallasi yoshlar yetakchisi F.Akramov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati E.Shokirov tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida:
mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;
yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ni keng targ‘ib qilish;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamlar holatlari tahlil qilindi.