Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Atxam Xamdamov o‘z saylov okrugida faollari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
🔹 Deputat “Mozortagi” mahalla fuqarolar yig‘iniga
tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, “Mahalla yettiligi” faoliyati,
aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy muammolarni hal etish mexanizmlari
bilan atroflicha tanishdi.
🔹 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan
masalalarni tezkor va samarali hal etish, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Deputat har bir murojaat e’tibordan
chetda qolmasligini ta’kidlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar
olib borilishini bildirdi.
🔹 Bunday uchrashuvlar aholi dardini tinglash,
joylardagi muammolarni aniqlash va ularga manzilli yechim topishda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.