Yangiliklar

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

Quvasoy shahridagi “Ko‘kilon” MFYda aholi bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

👥 Uchrashuvda shahar Kengashi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, aholini qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.

🗣 Xususan, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi Sh. Dadaboyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar haqida atroflicha tushuntirish berdi.

🚔 Shahar IIB boshlig‘i J.Hasanov esa jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar tinchligini mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

📊 Hudud deputati M. Mexmonov tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aholiga hisobot berildi.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar murojaatlari tinglanib, ularga tegishli tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1