Uzun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Fayzova mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Uzun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov hamda 22-Fayzavo okrugidan saylangan deputat S.Xodjakeldiyevlar Fayzova mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 20 dan ortiq murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga ta'luqli bo‘ldi.
Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi. Hokim tomonidan mas’ullarga har bir murojaatni o‘rganib, belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.