35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish ishlari hududlarga chiqqan holda davom ettirilib, deputatga biriktirilgan loyihalardan biri Yangi bog‘ MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, YaTT Marupov Baxtiyor Yahyoxonovich tomonidan tashkil etilgan kompyuter servis xizmati va savdo shoxobchasi faoliyati o‘rganildi.

Mazkur tadbirkorlik faoliyati natijasida 3 ta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi. O‘rganish davomida tadbirkorga yaratilgan sharoitlar, faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bunday tashabbuslar mahallada aholi bandligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6