35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 “MIKROKREDITBANK” ATB SHEROBOD BANK XIZMATLARI MARKAZIDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati Xojidinov Ximoiddin Sayfiddinovich tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Sherobod bank xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi doirasida ishlab chiqilgan maxsus savolnoma asosida amalga oshirildi.

🔎 SAVOLNOMA ASOSIDA NIMALAR O‘RGANILDI?
O‘rganish davomida bank faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi, kredit va bank xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank siri va shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi, ichki nazorat hamda risklarni boshqarish tizimi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bank xizmatlarini raqamlashtirish, masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va bank faoliyatida qonuniylikni ta’minlash masalalari ham savolnoma asosida ko‘rib chiqildi.

📋 SAVOLNOMA — AMALIY O‘RGANISH VOSITASI
O‘rganish jarayonida savolnomaning har bir bandi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar olindi, mas’ullarning tushuntirishlari tinglandi hamda mavjud holat yuzasidan zarur ma’lumotlar tahlil qilindi.

📌 O‘RGANISH NATIJASIDA aniqlangan holatlar, mavjud masalalar va berilgan takliflar umumlashtirilib, qonun ijrosini yanada ta’minlash hamda bank xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantiriladi.

Mazkur o‘rganish deputatning qonunlar ijrosini savolnoma asosida joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish borasidagi amaliy faoliyatining navbatdagi ko‘rinishi bo‘ldi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5