35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQARO LOGISTIKA MARKAZI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAOBOD TUMANI KENGASHI SESSIYASIDA MUHIM MASALA
янв.21
NAVBATDAN TASHQARI 20-SESSIYA
янв.21
Sessiya oldi o‘rganishlar: aholi manfaati – ustuvor vazifa
янв.21
Sessiya oldidan muammolar joyida o‘rganilmoqda!
янв.21
Targ‘ibot va nazorat tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xo‘jaobod tumanidagi “Yuksalish” MFYda amalga oshirilgan bunyodkorlik va tashkiliy ishlar yakuni yuzasidan
янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Raimdjanov tomonidan joylarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan Marg‘ilon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Turdaliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda 2026-yilning 6 oyi davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kredit mablag‘larining miqdori, yo‘nalishlari, maqsadli sarflanishi va natijadorligi haqida asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, ajratilgan kreditlar hisobidan yangi tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, yangi ish o‘rinlari yaratilgani hamda aholi daromadlarini oshirish borasida qanday natijalarga erishilgani yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, joylarda aniqlangan holatlarning amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganilishi va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi nazorat qilinmoqda.

Slide 1 of 1