35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo'jaobod tumanida "Mahallalarda obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
Xo‘jaobod tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish ishlari nazoratga olindi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahallada aholi muammolari va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Garagura mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalar o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan suyultirilgan gaz ta'minoti, moddiy yordam ajratish, ijtimoiy reyestrga kiritish, shuningdek, farzandlarini maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumta'lim maktablariga joylashtirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat deputat tomonidan sinchkovlik bilan tinglanib, amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. O'z yechimini joyida topishi mumkin bo'lgan murojaatlar shu zahotiyoq hal etildi, qo'shimcha o'rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o'z vaqtida o'rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Slide 1 of 2