Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
#deputat_faoliyati

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Qarayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida joylashgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jondor tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

✔️Shuningdek, markaz faoliyatining samaradorligi, tadbirlarning qamrovi, mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish va yoshlar ishtirokini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Ta’kidlanganidek, jamiyatda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi muhim o‘rin tutadi. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 4