Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi mas’ullar hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari Qahramonov Mirziyo Sunnatulla o‘g‘li hamda Bahodirova Aziza Abdullayevnalar ham ishtirok etdi.

📝 Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan 46-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Bobur Maxirdjanovichning hisoboti deputatlar tomonidan eshitildi.

📁 Shuningdek, mazkur yig‘ilishda kun tartibidagi Sergeli tumani “Alisher Navoiy” MFY hududida yangi 1650 o‘rinli yangi umumta’lim maktabiga 359-sonli umumta’lim maktabi sifatida yuridik maqom berish, Yashnobod tumani “Bog‘bon” MFY hududida yangi 1650 o‘rinli yangi umumta’lim maktabiga 360-sonli umumta’lim maktabi sifatida yuridik maqom berish hamda Mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” amaliy tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Mirzayev Bobur Maxirdjanovich hamda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi. Ushbu masala deputatlar tomonidan tinglanib atroflicha muhokama qilindi.

🔍 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8