Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
Kengash_faoliyati

"Obod yurt" mahallasida: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova "Obod yurt" mahallasi fuqarolarini murojaatlarini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalqning dardu tashvishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida deputat tomonidan mahalla ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida nazoratga olindi.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

Ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;

Elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti;

Deputat N.Allamuratova har bir murojaat ortida inson taqdiri va muammosi turganini ta’kidlab, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechim topdi.

Muddat talab qiladigan qo‘shimcha muammolar bo‘yicha esa chora-tadbirlar belgilanib, tuman Kengashi kotibiyati tomonidan ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Xalq bilan doimiy va ochiq muloqotni ta’minlash, hududlardagi muammolarni tizimli hal etish choralari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1