Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev tomonidan “Zarbdor” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
✅ Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashilib, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Donayev