Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
FUQARO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

 Aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda fuqarolar murojaatlari muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda.Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, 8-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputat Ashurov Baxodir Maxamadaliyevich, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gavhar Rizayeva hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar joyida ko‘zdan kechirildi. Muammoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish imkoniyatlari mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, murojaatda ko‘tarilgan masalalarga huquqiy va amaliy jihatdan yondashildi. Murojaatni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, muammoning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur murojaat ijrosi ham deputatlar nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 4