35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-tavsiya amalda: Mahallada zamonaviy kutubxona tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari U. Rahmanov va S. Azimovalar o‘zlariga biriktirilgan deputatlar bilan birgalikda saylov okruglarida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari kengashining Xo‘jaobod tumani deputatlari tomonidan tuman Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo'jaobod tumanida "Mahallalarda obodlik va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
Xo‘jaobod tumanida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va tizimni modernizatsiya qilish ishlari nazoratga olindi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahallada aholi muammolari va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
янв.21
Garagura mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yangi loyihalar o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi
Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.

🗓 8-iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Akbarxon Sobirxonov 19-“Shirin” saylov okrugidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallalisida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 9-iyun, seshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammadeva Chilonzor tumanidagi Katta Qozirabod mahallasida joylashgan 33-oilaviy poliklinikada fuqarolar bilan so'rovnoma o'tkazadi.
🔍 Mas’ul: S. Irgashev

🗓 10-iyun, chorshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov Uchtepa tumanidagi Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazadi.
🔍 Mas’ul: J. Gʻulomqodirov

🗓 11-iyun, payshanba kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida yoshlar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazadi.
🔍 Mas’ul: D. Xashimov

🗓 12-iyun, juma kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga asosan Yakkasaroy va Yashnobod tumanlaridagi mahallalarda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi. Shu kuni Sergeli va Yangihayot tuman Kengashlari huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
🔍 Mas’ul: M.Yusubov

💡 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1