Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
FARMON IJROSI YUZASIDAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

 FARMON IJROSI YUZASIDAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadaliyeva hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov Madaniyat mahalla fuqarolar
yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va
uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni
ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.


O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va hal
etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni
qisqartirish, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli
ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda mahallaning
ijtimoiy-ma’naviy muhitini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar
tahlil qilindi.


Shuningdek, Farmonda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda mahalla raisi
faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi,
“xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash amaliyoti, mavjud muammolarni tegishli
tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.


O‘rganish yakunida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi
bilan muloqot samaradorligini oshirish, murojaatlar ijrosini ta’minlash va
PF–209-son farmonida belgilangan ustuvor vazifalarni to‘liq amalga oshirish
yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
  

Slide 1 of 2