Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Chirkay mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazorati davom etmoqda.

Shu maqsadda Kengash Kotibiyati mudiri,deputat I.Juraev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xalimov Chirkay mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishda Furqat tumani hokimining o‘rinbosari R.Xamdamov, loyiha tashkiloti vakillari hamda qurilish-pudrat tashkiloti mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Loyiha doirasida maxallada ichimlik suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta yangi va 2 ta mavjud quduqlarda kompleks sanitar xudud qurilishi hamda 2.0 km ichimlik suv tarmog‘i tortish ishlari belgilangan.

O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, foydalanilayotgan materiallar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, mavjud quduqlarni  sanitar xududini qurish uchun ajratilgan joydagi muammoli masalalar joyida  ijobiy hal etildi.
Xozirgi kunda qurilish ishlari 80% ga bajarilgan . Loyiha yakunlanishi bilan Chirkay  mahallasi   aholisi 100% ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

 Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan mazkur loyiha ijrosi ustidan deputatlik nazorati muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 1