Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
"Zarobod" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

"Zarobod" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev “Zarobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida, xususan, yoshlar yetakchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 2