✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan 26-Qorabo‘yin saylov okrugi deputati O‘. Shukurov bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida hudud infratuzilmasi, yo‘l holati, kommunal xizmatlar sifati hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
✅Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.
✅Mazkur o‘rganishlar hududni yanada obod qilish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.