Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
24 ta tavsiya # DEPUTAT NAZORATI

             Jalaquduq tumanidagi A. Rahmonov mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi deputati M. Turg‘unova tomonidan berilgan 24 ta
tavsiya ijrosi yuzasidan mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari bilan olib borayotgan ishlari atroflicha o‘rganildi.O‘rganish jarayonida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish samaradorligi, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning sifat darajasi tahlil qilindi.Shuningdek, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqa hamda moddiy yordam tayinlash jarayonlarining qonuniyligi, manzilliligi va shaffofligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga amaliy ko‘mak berish hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
muhokama qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholi bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.Aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
 

   

Slide 1 of 2