Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
#haftalik_ishlar_sarhisobi_12_18_may
#haftalik_ishlar_sarhisobi_12_18_may

Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Isamutdinov boshchiligida mutaxassislar I.Ikromov va Z.Temirovalar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha sarhisob qilindi.

Jarayonda deputatlik nazorati doirasida bajarilgan topshiriqlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar muhokama etildi.

Aniqlangan kamchiliklar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul mutaxassislarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek kelgusi hafta uchun rejalashtirilgan ishlar ham muhokama qilinib, ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi va ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.

Kengash faoliyatini ochiqlik va samaradorlik tamoyillari asosida olib borish zarurligi qayd etildi.

Natijada kelgusidagi asosiy vazifalar belgilandi deb yakunlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash