Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Oltinsoy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati L.Xikmatova va Olmazor tuman Kengashi deputati U.Fayziyevalar tomonidan "Oltinsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov hamda partiya vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, hududdagi futbol maydonchasi bilan bog‘liq muammolar, BSK faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklar, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar hamda mavjud nosozliklar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

Fuqarolar tomonidan ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun sport maydonlarini ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, elektr energiyasidagi uzilishlar aholi turmushiga noqulaylik tug‘dirayotgani, ushbu muammolarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Qabul davomida har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar kesimida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi hamda ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Mutasaddilar tomonidan fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoit yaratish borasida amaliy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni tizimli ravishda hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Slide 1 of 5