Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yoshlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.

🔷Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va kelajakda munosib kasb egasi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi amaliy ishlar olib borildi.

🔷Jumladan, tumanning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yuqori bo‘lgan “Markaziy” mahallasida istiqomat qiluvchi Jumakulov Akjigitning bilan suhbat o‘tkazilib, uning orzu-intilishlari va kelgusidagi rejalari o‘rganildi. Yoshning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi inobatga olinib, deputat tashabbusi bilan xususiy ta’lim maskaniga chet tili kurslarida tahsil olishi uchun joylashtirildi. Mazkur tashabbus yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajakda raqobatbardosh kadr bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔷Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni ilm-fan va til o‘rganishga keng jalb etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2