Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
ENG MUHIM QONUNLAR YuZASIDAN TARG’IBOT IShLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari R.Safarov, Sh.Musayeva, M.Jumayevalar tomonidan yurtimizda qabul qilingan eng muhim qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining huquqiy bilimini oshirish hamda qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash maqsadida ta'lim muassasasi xodimlari bilan targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

Targ’ibot ishlari davomida fuqarolarga: — O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi 1995 yil 21 dekabrdagi O’RQ-167-sonli Qonunga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar;

— O’zbekiston Respublikasining  «Pedagogning maqomi to’g’risida»gi  2024 yil 1-fevraldagi O’RQ-901-sonli Qonuni;

— O’zbekiston Respublikasining «Madaniy faoliyat va madaniy tashkilotlar to’g’risida»gi 2021-yil 20 yanvardagi O’RQ-668 Qonuni;

— O’zbekiston Respublikasining «Bolalarni ularning sog’lig’iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida»gi 2017-yil 8-sentyabrdagi Qonunlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Uchrashuv va muloqotlar davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o’rni va nufuzini oshirish, pedagoglarning huquq va manfaatlarini qo’llab-quvvatlash, madaniy meros va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarni turli zararli axborotlar ta’siridan muhofaza qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, deputatlar tomonidan qonunlarning amaldagi ahamiyati, ularning fuqarolar hayotidagi o’rni hamda qonunchilik normalarini to’g’ri qo’llash yuzasidan keng tushunchalar berildi. Aholi tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, qonunchilikdagi yangiliklar bo’yicha fikr almashildi.

Mazkur targ’ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik normalarini mukammal o’rganish hamda ularni kundalik hayotda to’g’ri va samarali qo’llashni ta’minlashdan iboratdir.

Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning qonunlarga bo’lgan ishonchini mustahkamlash, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda davlat va xalq o’rtasidagi hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 1