Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📇 Dastlab deputatlar Toshkent shahrida xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari. Sultonova Shahnoza Abduvaxitovnaning hisobotini atroflicha ko‘rib muhokama qildirlar.

📁 Shuningdek, mazkur komissiya yig‘ilishida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida” 2025 yil 27 martdagi VII-7-45-14-0-K/25-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi rahbari S. Irgashevning axboroti deputatlar tomonidan eshitildi.

🗣 Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Kengash raisining tegishli farmoyishi asosida kotibiyat xodimlari biriktirilgan deputatlarga doimiy ravishda amaliy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, komissiya yig‘ilishlarini belgilangan tartibda tayyorlash va o‘tkazish, kun tartibini shakllantirish, zarur hujjat va materiallarni tayyorlash, shuningdek deputatlik faoliyatini samarali amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarda muvofiqlashtiruvchi va tashkiliy ishlar bevosita kotibiyat tomonidan olib borilmoqda. Mazkur ishlar deputatlarning o‘z vakolatlarini to‘laqonli va samarali amalga oshirishiga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6