Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi

▫️Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

▫️Mazkur davra suhbatida viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi Gennadiy Kravchenya, viloyat Kengashi deputatlari Mehri Narbasheva, Bibixol Karimovalar deputatlik faoliyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qildi.

▫️Muhokamalar davomida mahalliy vakillik organlarining roli va mas’uliyatini oshirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik eshituvlari va qo‘shma monitoring mexanizmlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

▫️Deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, deputatlik so‘rovlari bilan ishlashni tizimlashtirish, qarorlar ijrosi ustidan monitoringni kuchaytirish hamda raqamli platformalar orqali ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Slide 1 of 10